IT Stars bilan

Shaxsiy karyerangizni biz bilan rivojlantiring. Frilanserlik, autsorsing, yoki top IT kompaniyalarida ishlash orqali jahon bozoriga qoʻshiling! 

IT Stars nima?

Noyob, ammo eng kerakli xizmatlarni taqdim etuvchi, mutlaqo yangicha formatdagi loyiha.

IT Stars professional xodimlarni faoliyatini har tomonlama qoʻllab quvvatlaydi. Ularga masofaviy ish topishlaridan tortib, ishga kirishlarigacha kuzatiladigan turli muammolarning oson yechimlarini taqdim etadi. Jahon arenasida muvaffaqiyatlik karyera qilishlarida ko’maklashadi.

Nafaqat Oʻzbekiston, balki jahon arenasida muvaffaqiyat qozonishni istaysizmi? Unda bizga qo’shiling!

Maqsadlarimiz

Sizning porloq kelajagingiz va mamlakatimiz ravnaqi uchun biz quyidagilarni o’z oldimizga maqsad qilib qo’ydik.

Aql eksporti

Mamlakatimizda turli xizmatlarning eksportini rivojlantirish.

Masofaviy ishlash

Masofaviy ishlarni ommalashtirish va shu orqali jahonga chiqishni osonlashtirish.

Ishga joylashish

Jahonning top kompaniyalariga ishga joylashishda koʻmaklashish.

IT Stars aynan kimlar uchun?

Aqliy va ijodiy ko‘nikmalari hamda o'z tajribalariga tayanuvchi kelajak kasbi egalari uchun.

  • Dasturchilar
  • Grafik dizaynerlar
  • UI/UX dizaynerlar
  • 3D dizaynerlar
  • Kopirayterlar
  • Tarjimonlar
  • Marketologlar (SMM)
  • Montajchilar

Xizmatlarimiz

Shaxsiy rivojlanish uchun zamin yaratuvchi xizmatlarimizdan bahramand boʻling.

Video kurslar

Mashhur frilans birjalarida noldan boshlab faoliyat yuritish va karyera qilishni oʻrganing

Barcha kurslar
Rezyume tayyorlash

Oʻz ish-tajribangiz tarixini mukammal va zamon talabiga mos yoritish sirlariga guvoh boʻling

Tez kunda
Suhbatga tayyorlash

Kasbga oid har qanday suhbatni taassurotli oʻtkazish koʻnikmalari va notiqlikni shakllantiring

Tez kunda

Loyiha asoschisi

"Amerikacha maosh" g‘oyasi muallifi Zafarbek haqida qisqacha.

Zafarbek Ibrohimov

Mehribon ota va oila boshligʻi, tadbirkor, dasturchi, sayohatchi, ayni damda esa Oʻzbekistonda IT sohasini rivojlantirish uchun bel bogʻlagan oʻzbek oʻgʻlonidir.

Uzoq yillik tajriba

U oʻzining IT va frilanserlikdagi 14 yillik tajribasi hamda AQSHda egallagan bilimlaridan foydalangan holda TechCells va IT Stars kompaniyalariga asos soldi. Ularni rivojlantirish maqsadida esa 2019-yil AQSHdan Toshkentga qaytdi.

Professional frilanser

Zafarbek oʻzining UpWork va TopTal kabi frilans platformalarida, shuningdek, AQSHning yirik kompaniyalarida toʻplagan tajribalarini IT Stars loyihasi orqali oʻzbek yoshlariga ulashishni maqsad qildi. U: "Bu loyiha yoshlarni jahon bozoriga chiqishi uchun katta yordam beradi", - deb ishonadi.

Kurslarimiz

Qimmatli bilim hamda tajribalarga asoslangan kurs toʻplamlarimiz sizga muntazir.

Upwork

Dunyoning eng katta frilans saytlaridan biri Upwork uchun darsliklar

Kirish
Toptal

Top kompaniyalar va muhim loyihalarni o'z ichiga olgan TopTal platformasi uchun qo'llanmalar

Tez kunda
Fiverr

Tobora ommalashib borayotgan Fiverr frilanserlik platformasida ishlash sirlari

Tez kunda
Envato

Qiymatli resurs hamda kreativ g'oyalar bilan bo'lishuvchi Envatodan foydalanish ko'nikmalari

Tez kunda

Fikr va izohlar

Mutaxassislarni loyiha haqidagi qaynoq fikrlarini qarshi oling.

Video galereya

Bepul video namunalaridan ilhomlaning!